#KUN TARIXI
7-yanvar kuni bilan bog'liq ayrim tarixiy voqealar
🪐1610-yil Galileo Galiley Yupiterning to‘rtta eng katta yo‘ldoshini kashf qildi.
📍1785-yil fransiyalik Jan-Per Fransua Blanshar amerikalik Jon Jeffris bilan birga birinchi marta havo sharida La-Mansh bo‘ylab harakatlandi.
⚡️1866-yil Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan “Moskva - Toshkent” savdo shirkati tuzilgan.
✈️ 1942-yil Toshkentdagi V.P.Chkalov nomidagi aviasiya zavodi aviasozlari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi jangovar PS-84 samolyotlarini frontga joʻnatdi.
📎1964-yil Buxoro – Ural gaz quvurining birinchi navbati qurilishi yakunlandi.
✍🏻 1993-yil Turkmaniston Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi va diplomatik munosabatlarni oʻrnatdi.
🗒 1997-yil “Umid” jamg‘armasi tashkil etildi.
📝2008-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.
BIZNI KUZATIB BORING https://t.center/ANRUz