Va’da berganimizdek, "Milliy tiklanish" partiyasining bu chaqiriqdagi asosiy maqsadi natijadorlik bo’ladi.
Bundan buyon, Qonunchilik palatasidagi ishlardan tashqari, har haftada 2-3 kun bir viloyatda tahlillar olib boramiz.
Mahalliy kengashlardagi deputatlarimiz bilan birgalikda partiyaning dasturiy maqsadlari, davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosi va albatta, saylovchilar bilan muloqot…
Vatanparvar ajdodimiz Manguberdining yurti Xorazmdan boshladik. Turizm, madaniy me’ros obyektlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar kun tartibimizda…
Yanvar yakunida xulosalar qilinadi va takliflar beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Yalpi majlis Qonunchilik palatasining youtubedagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Hozirda asosiy eʼtibor inklyuziv turizmga qaratilishi yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar turizmning mazkur yo‘nalishi kelajak yo‘nalishi bo‘lib qolishidan darak beryapti.