https://t.center/ttatf
Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
🔹Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli ma’lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob-ahloq me’yorlariga amal qilinmagan turli xabarlar har bir ongli kishini tashvishga solishi aniq.
⚡️Shu munosabat bilan TTA Termiz filialida “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
💠Unda filial professor-o‘qituvchilar, mas’ul xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
💥Tadbirda so‘z olganlar, keyingi paytlarda internet bilan bog‘liq buzg‘unchiliklar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko‘payib borayotgani, oqibatda, zalolatga boshlovchi elektron nashrlar va videolavhalar keng yoyilayotgani, buning uchun ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kerakligi borasida fikr bildirishdi.
|TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari ROSOMED mutaxassislarining treningida ishtirok etdi.
📌Kuni kecha Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ROSOMED mutaxassislarining treningi bo‘lib o‘tdi.
🔹Toshkent, Samarqand, Termiz, Xorazm va Nukus shaharlaridan 23 nafar professor-o'qituvcholar “Simulyatsion o'tishga tayyorlash bo‘yicha mutaxassis” mini kursiga tashrif buyurib, ayrim mavzular bo‘yicha amaliyotda ishladi.
💥Barcha ishtirokchilar Rossiya tibbiyotda simulyatsiya treningi jamiyati tomonidan oʻquv kurslarini tamomlaganliklari toʻgʻrisida sertifikatlar oldilar.