🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 57-sessiyasida nutq bilan ishtirok etib, O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan tashabbuslarni ilgari surdik.
Bugungi kunda MDH Parlamentlararo Assambleyasi demokratik tamoyillar targ‘iboti, parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, sessiyada Assambleya a’zo davlatlarning saylov jarayonlarini qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishdagi ishtiroki, bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi faoliyati alohida e’tirof etildi.
Sessiyada Assambleyaning ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi va O‘zbekistonning qonunchilik tashabbuslari hamda manfaatlarini ifoda etadigan namunaviy qonunlar va tavsiyalarni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik.
#MDH #parlament
@tanzilanarbaeva