Samarqandda noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etildiSamarqand viloyati Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan navbatdagi ekologik reyd-nazorat tadbirida “Olchintepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l yoqasida noqonuniy chiqindixona tashkil etilgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha mahalliy aholiga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik, bu borada qonunchilikda javobgarlik mavjudligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi maxsus texnikalari yordamida yon-atrof tozalanib, to‘plangan chiqindilar bartaraf etildi.
❗️Shu o‘rinda, fuqarolarga belgilanmagan joylarga chiqindi to‘planishi avvalo, o‘zimiz yashab turgan muhitda turli xil kasallik qo‘zg‘atuvchilarini keltirib chiqarishini eslatib o‘tamiz. #HududlardanXabarlar #Samarqand
🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️YouTube