Tanzila Narbaeva

Канал
Логотип телеграм канала Tanzila Narbaeva
@tanzilanarbaevaПродвигать
18,62 тыс.
подписчиков
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 57-sessiyasida nutq bilan ishtirok etib, O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan tashabbuslarni ilgari surdik.

Bugungi kunda MDH Parlamentlararo Assambleyasi demokratik tamoyillar targ‘iboti, parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, sessiyada Assambleya a’zo davlatlarning saylov jarayonlarini qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishdagi ishtiroki, bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Sessiyada Assambleyaning ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi va O‘zbekistonning qonunchilik tashabbuslari hamda manfaatlarini ifoda etadigan namunaviy qonunlar va tavsiyalarni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik.

#MDH #parlament

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tayotgan tadbirlar doirasida hamkasbim – Belarus Respublikasi Milliy majlisi Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdik.

Suhbatimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning muhim jihatlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish masalalarini muhokama qildik.

O‘zbekiston delegatsiyasining 2025 yili Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi davomida tashkil etilishi rejalashtirilgan ikki mamlakat xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari ishtirokidagi hududlararo forumini, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus ayollar III biznes-forumini hamda yoshlar parlamenti qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazishga qaratilgan tashkiliy masalalarini kelishib oldik.

Shubhasiz, parlamentlararo hamkorligimiz O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlarimizni mustahkamlashga hamda hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga xizmat qiladi.

#parlament #MDH #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbir MDH mamlkatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasidagi tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim platforma hisoblanadi.

Sessiya ishida MDH davlatlari PA xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik.

Ushbu tadbirda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan respublikamizda o‘tgan siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi.

#parlament #MDH #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center
Love Center
Бот для знакомств