🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Tadbir MDH mamlkatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasidagi tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim platforma hisoblanadi.
Sessiya ishida MDH davlatlari PA xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik.
Ushbu tadbirda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan respublikamizda o‘tgan siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi.
#parlament #MDH #hamkorlik
@tanzilanarbaeva