Zakovat intellektual o`yin
🔹O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Samarqand viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalar o`rtasida zakovat intellektual o`yini bo`lib o`tdi. Bellashuv tezkor va qiziqarli savol-javoblar bilan o'tkazildi
🔹Qizg`in va munozaralarga boy o`tgan intellektual o`yin natijasiga ko`ra:
🥇I-o`rinni "Mard o`g`lonlar" jamoasi,
🥈II-o`rinni "Ichki Ishlar Vazirligi Samarqand Viloyat Akademik litseyi" jamoasi,
🥉III-o`rinni "Samarqand viloyati IIB boshqarmasi" jamoasi qo`lga kiritdi.
G`olib jamoalar faxrli diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.
⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'lingTelegram |
Instagram |
Facebook |
YouTube |
Web Sayt