Смотреть в Telegram
8-mavzu UCHINCHI RENESSANSNING TO‘RT UZVIY HALQASI Tamaddun tarixiga nazar tashlasak, insoniyat har qanday buyuk ixtirolar va kashfiyotlarga faqatgina ilm-fan yutuqlari asosida erishgan. Bugungi zamonaviy hayotni ham ilm-ma’rifat va ta’lim taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dunyoning eng ilg‘or davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi ustuvor vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Chunki yurt ravnaqi va uning istiqboli aynan shu sohada qo‘lga kiri-tilgan yutuqlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mamlakatimizda ham yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinyapti. Prezidentimiz rahbarligida ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, har tomonlama yetuk, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda Vatanga sadoqatli yangi avlodni voyaga yetkazish mexa-nizmlarini yaratish maqsadida olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, biz keng ko‘lamli demokratik o‘zga-rishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda: «Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda il¬miy-madaniy muassasa¬larni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituv¬chilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘o¬nish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz». Ma’lumki, boy tarixga ega yurtimizda birinchi Renessans – Sharq Uyg‘onish davri IX–XI asrlarda yuz bergan. Bu davrda buyuk allomalarimiz yaratgan ilmiy va falsafiy asarlar hamda hamon dunyoni lol qoldirayotgan ixtirolari jahon sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, falsafa sohasida Abu Nasr Forobiy, tibbiyot sohasida Abu Ali ibn Sino, tilshunoslikda Mahmud Zamaxshariy barakali ijod qilgan. Renessansning ikkinchi davri esa Amir Temur va Temuriylar davriga to‘g‘ri kelib, nafaqat Movarounnahr, balki butun Markaziy Osiyo o‘lkalari o‘z taraqqiyotining yangi pog‘onasiga ko‘tarildi. Sohibqiron bobomiz ilm-fan rivojiga rahnamo bo‘lib, olimlar, san’atshunoslar, yozuvchilar, shoirlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. Bugungi kunda, O‘zbekis¬tonda yangi uyg‘onish – uchinchi Renessans davri boshlandi. Buni bugungi kunda yurtimizdagi jadal rivojlanishlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, oddiy hayotimizda ro‘y berayotgan yuksalishlar jarayonlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida sa’y-harakatlarning lokomotivi sifatida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’rifatni rivojlantirish g‘oyasi tanlangani ushbu tashabbusning g‘oyat hayotiyligini ta’minlovchi eng muhim omildir. Zotan, millatning ilm-ma’rifati yuksalishi barobarida, uning farovonligi va ertangi kunga ishonchi oshib boraveradi. Yangi O‘zbekistonning keyingi taraqqiyoti jarayonida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, umumta’lim maktablari faoliyatini yaxshilash, oliy ta’lim tizimini dunyo standartlariga mos¬lashtirish, xalqaro reytinglarga kiritish, o‘quv yurtlariga qabul qilishda adolatli tizimni o‘rnatish, yurtimizda nufuzli chet el universitetlarining filiallarini ochish kabi ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar hamda ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, inson hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olishi aniqlangan. Bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ta’lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasidir.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств