QIT'A
Istasang toza ko'ngilga qo'nmasin zarra g'ubor,
Pok so'z-u pok ish va pok dil, pok xayol bo'lmoq kerak.
Jism-u jonimga desang, begona bo'lsin xastalik,
Ishq zavq-u dardi birlan xastahol bo'lmoq kerak.
Qalbga istarsan shifo gar, bo'l yomon so'zdan yiroq,
Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo'lmoq kerak.
PS: Yosh ulg’aygani sari hamma narsani ko’rar ekansan, shoir dardina sekin asta tushunib borayotgandekman.
Oqimga qarshi suzish uchun ham adolatli maydon kerak, chirigan siyosatchilar bilan tenglashmanglar, hammasiga Alloh bor!
Shunchaki boricha yashang, hayotdan zavqlaning!
@KOSONSOY |
©Erkin Vohidov