Смотреть в Telegram
Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik: xavfsiz jamiyat sari qadam Bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” kampaniyasining yakunlari taqdim etildi. Ushbu tashabbus, ayollarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda zo‘ravonlik muammosiga e’tibor qaratish maqsadida amalga oshirildi. Ushbu faollik davomida ayollarni himoya qilish va ularni qo’llab-quvvatlash, kasbga yo’naltirish, ularga zarur ijtimoiy va yuridik xizmatlarni ko’rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va eng muhimi qonunchilikka kiritilgan o’zgarishlar borasida ma’lumot berildi. 16 kun davomida: • 100dan ortiq treninglar, konsultatsiyalar va art-terapiya sessiyalari o‘tkazildi, bu orqali minglab ayollar va bolalar yordam oldi. Asosiy e’tibor xotin-qizlarning ta’lim, kasb-hunar o‘rgatish, shaxsan rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilayotgani ularning ishonchli ijtimoiy mustaqil kelajagi, farzandlari farovonligida muhim ahamiyat kasb etishiga qaratildi. • 1146 Call markazga kelib tushgan murojaatlar soni ikki barobar ko’paydi va 4000 tani tashkil qildi. • Keng jamoatchilik e’tiboriga qaratilgan “Qizimga” media loyihasida ko’plab jamoatchilik faollari ishtirok etdi. • Shaharlarning asosiy binolarini olov rangida yoritib, zo‘ravonlikka qarshi solidarlik, sodiqlik va bu muammoning muhimligini tan olish ramzi sifatida o‘tkazildi. • Stereotiplarga qarshi va rivojlanishga chaqiruvchi videoroliklar tayyorlandi. • Agentlik qoshidagi Ijtimoiy himoya instituti va UNFPA bilan hamkorikda milliy tadqiqotga start berildi. • Kampaniya yakunida, «Chidama» klipining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Lola va Konsta tomonidan ijro etilgan ushbu qo‘shiq, ayollar huquqlari, oilaviy qadriyatlar va zo‘ravonlikka qarshi kurashni musiqiy va vizual tarzda ifodaladi. Batafsil ma'lumot bilan veb-saytimizda tanishishingiz mumkin. Matbuot anjumanida zo‘ravonlikka qarshi kurashish faqatgina barcha jamiyatning burchi ekanligi ta’kidlandi. Muhimi, jim bo‘lmaslik, vaqtida yordam so‘rash va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashdir. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlar va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Birgalikda biz zo‘ravonlikdan xoli, har bir inson o‘zini xavfsiz his qiladigan jamiyatni quramiz. 📝telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств