Huquqiy axborot | Lotin

#Adliya_tabrigi
Канал
Новости и СМИ
Образование
Политика
Право
УзбекскийУзбекистанУзбекистан
Логотип телеграм канала Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotinПродвигать
6,14 тыс.
подписчиков
3,59 тыс.
фото
183
видео
7,71 тыс.
ссылок
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf ▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
К первому сообщению
#Adliya_tabrigi

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni 11-noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida e'tirofga loyiq.

Mana shunday mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo'lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

Sizlarni, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan xodimlarning oila a'zolarini, faxriylarni 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin