Diqqat, e'lon!
🔍O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab
5-yanvar kuni poytaxtimizning asosiy koʻchalarida
Mudofaa vazirligi va
Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi.
✈️ Harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida soat 10.30da Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari bilan boshlanadi.
✈️ “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) – “Magic City” maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlangan harbiy boʻlinmalarning “Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.
✈️2025-yil 5-yanvar kuni poytaxtimizning quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 11.00 dan soat 13.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:— Qora qamish-Sag’bon ko’chalari chorrahasidan, Sag’bon ko’chasi bo’ylab KXAY-Sag’bon ko’chalari kesishgan chorrahasigacha;
— KXAY-Sag’bon ko’chalari chorrahasidan, Sag’bon ko’chasi bo’ylab Nurafshon-Sag’bon ko’chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Nurafshon-Sag’bon ko’chalari chorrahasidan, Sag’bon ko’chasi bo’ylab Farobiy-Sag’bon ko’chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Zarqaynar-Sag’bon ko’chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko’chasi bo’ylab Zarqaynar-Alisher Navoiy ko’chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Zarqaynar-Alisher Navoiy ko’chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko’chasi bo’ylab Furqat-Islom karimov ko’chalari kesishgan chorrahasigacha;
— Furqat-Islom Karimov ko’chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko’chasi bo’ylab Furqat-Beshyog'och ko’chalari kesishgan chorrahasigacha;
✈️Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV