#Qashqadaryo_viloyatiYakkabog‘da noqonuniy qum-shag‘al qazish holati: Chora ko‘rilmasdan qolmoqdaQashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Gandatutak suv o'zani yo‘nalishida noqonuniy faoliyat davom etayotgani haqida xavotirli xabarlar kelib tushmoqda. Kuzatuvchilar ma’lumotiga ko‘ra, Bahrom ismli shaxsga tegishli guruh kompaniya Gandatutak suv o‘zanidan hujjatsiz va ruxsatsiz tarzda kecha-kunduz qum-shag‘al qazib olib, zavodga tashib, qayta ishlashni amalga oshirayotgan ekan.
Ushbu noqonuniy brakonerlik ekologik muvozanatga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, suv o‘zanining buzilishi va tabiiy resurslarning nazoratsiz ekspluatatsiyasi mahalliy ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Holat bo‘yicha olingan videoda viloyat ekologiya xodimlari S. Beknazarov va Farhodlarning mazkur vaziyatni ko‘rib turganiga qaramasdan, hech qanday chora ko‘rmaganliklari qayd etilgan. Kuzatuvchimiz ushbu masala yuzasidan Respublika Ekologiya Vazirligi tomonidan har tomonlama o‘rganish o‘tkazilishiga umid bildirmoqda.
Bu kabi noqonuniy faoliyatlar nafaqat tabiatga, balki qonun ustuvorligiga ham zarar yetkazadi. Ekologik nazorat va monitoring kuchaytirilishi, shuningdek, javobgar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi zarur.
Ekologik muammolar haqida xabardor bo‘lish va ularga befarq bo‘lmaslik har birimizning fuqarolik burchimizdir. Holat yuzasidan munosabat kutib qolamiz tegishli tashkilotlatdan.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni
@ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni
@eklguz_bot orqali yuboring!
Instagram |
Facebook |
Twitter |
Sayt |
Youtube