Xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash eng ustuvor masala
O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida JXX JTSB Kinologiya xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya qilish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Jarayonda xodimlarga xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Xizmat mobaynida poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga qatʼiy choralar ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube