Mening atrofimdagi insonlarning aksariyat qismini faqat bitta fikr bogʻlab turadi - 'Men seni boshqalardan yaxshiroq bilaman'. Men esa biror marta bu fikrni tasdiqlamadim, ammo inkor ham qilmadim. Xullas, Xayrli kun, bilgichlar.
Bir ishni qilishni istamasam, bahonalar topaveraman. Bu vajlar - quyoshning kamroq chiqqanidan tortib, shamolning har kungidan tezroq esayotgani bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin. Bahonalarimning katta yoki kichikligi muhim emas, asosiysi, ular doim topiladi va ularni roʻkach qilib, oʻsha ishdan voz kechaman. Bu mening, sening, bizning odatimiz. Inson xohlamasa, har qanday vaziyatda bahonalarpaydo boʻladi.
-Albatta, uchrashib turamiz, faqat doʻst sifatida. U daftar yopilgan. Menimcha qiynashning foydasi yoʻq. -Nimaga? Nimaga yana sinab koʻrmaymiz? Juda koʻp vaqt oʻtdi. Men seni hecham unutolmadim. Balki biz uchun toʻgʻri vaqt bugundir?
"Oʻtmishda biz bir-birimizga shu qadar yaqin joylashgan edikki, agar hammasi aksincha boʻlib, biz yulduzlarnimas, yulduzlar bizni sanashni boshlaganida ikkalamiz bitta raqam ostida boʻlgan boʻlardik.."
..Balki baxtlidirsan oʻz olamingda, Balki bilmasdirsan gʻam-qaygʻu nadir. Garchi begonasan anchadan beri, Garchi uzoqdasan, balki shungadir, Sendan xavotirman...