SIzda hozirgi kunda nima bo‘lsa, bu niyatlaringiz natijasiz.
Vazifa. Sog‘likdagi, munosabatlardagi, moliyaviy ahvoldagi, hamma holatdagi natijalaringiz nimalarning ortidan kelganini yozib chiqing. Natijaga qaysi amal sabab bo‘ldi va shu sababni nimani xohlab qildingiz?
Biz faqat maqsadni ko‘ramiz. Bu esa natijaning 10 foizi, qolgan 90 foizni bizning niyatimiz bo‘ladi. Hozirgi kunga kelib biz hatto niyatimiz borligini ham eslab qo‘ymaymiz, faqat maqsad haqida o‘ylaymiz.
Niyatlarimizni bizning cheksiz ehtiyojlarimiz belgilab beradi. Bizdagi bor vaqt, energiya, pullar shu oxiri yo‘q ehtiyojlarni to‘ldirish uchun sarflanyapti. Kimdir e’tibor berishini, faxrlanishini, maqtashini yoki natijamizni tan olishini xohlaymiz.
Ehtiyoj bu cheki yo‘q tuynuk, unga qancha solsangiz, nafaqat to‘lmaydi, balki kengayib ketaveradi. Shuning uchun inson nomahram munosabatda bo‘lavergani sari shu holat kuchaysa, kuchayadiki, aslo kamaymaydi. Boshqa masalalar ham xuddi shunday, yangi kiyim oldingiz, so‘nggi rusumdagi telefon, mashina, uy... lekin baribir ko‘nglingiz (ana o‘sha tuynuk) to‘lmaydi.
5 million, 10 million 20 million....
iPhone 14, 15, 16...
Janjal ortida o‘zingizni muhim, ustun his qilishni xohlaysiz.
Kasal bo‘lish orqali boshqalardan e’tibor xohlaymiz.
Qiyinchilik bilan aybdorlik hissidan xalos bo‘lmoqchi bo‘lamiz.
Yutuq ortidan ego, tan olinishni xohlaysiz.
Mag‘lubiyat sababli kimdandir yordam olishni xohlaymiz.
Aynan shu kabi ehtiyojlarni ehtiyojlarni yopish jarayonida bizda niyat shakllanadi 👇
Menda o‘zi har kuni gaplashadigan insonlarim juda kam ekan
Ular bilan suhbatlashishdan maqsadim quyidagicha bo‘lsa kerak.
1. Xostelga qarovchi opa. Har kuni ko‘rishga va menga eng ko‘p asabimni buzishga sabab bo‘ladigan holatni yuzaga kelishiga sabab inson bo‘lgani uchun, bu kabi holatlarni bo‘lmasligini va yuzaga kelganda ham yengil qarashni xohlayman.
Shuningdek, ularga boshqacha mehr bilan munosabatda bo‘lishni va ular ham menga samimiy qarashlarini hamda bir-birimizni ko‘rganda sababsiz xursand bo‘lishimizni xohlayman.
2. Marketolog hamkasbim. Akalarim oldimda emasligida shu insondan aka munosabatini xohlayman. Ular bilan samimiy suhbatlar, yangi ilimlar va foydali yangiliklarni bilib, o‘sayotganimni, dunyoqarashim kengayotganini bilib borishni xohlayman.
3. Operator hamkasbim. Muammo faqat menda emasligini va hammada ham muammo borligini va ba.’zilarning muammosi menikidan ko‘ra ancha katta ekanini bilishni xohlayman. Bir-bir shu mavzuda dardlashishni va bu xarajatlarni ham hal qila olishimizni va bu muammolar juda vahimali holat emasligini his qilishni xohlayman.
4. Xosteldagi eski tanishim. Yolg‘iz ekanimni va uyimdan uzoqda ekanimni his qilmaslikni xohlayman. Bu yerda ham go‘yoki o‘z uyimda, o‘zim bilgan joylarda yurgandek yurishni istayman.
5. Ota-onam. Ertaga ularga kam vaqt ajratdim deb afsuslanmaslik uchun va hozirgi kunda katta natija qila olmasam ham ular uchun harakat qilayotganimni va biz haqimda qayg‘uryapti deb o‘ylashlarini xohlayman.
Biz maqsadimizga erishganimizda o‘zimizdan qoniqmasligimiz, baxtli bo‘lmasligimiz, niyatimiz boshqa bo‘lganini anglatadi.
Niyat his qilinadi, maqsad erishiladi.
Niyatimiz to‘g‘rimi yoki yo‘q, buni maqsadga erishganimizdan keyin bilamiz.
Agar maqsadga erishganingizdan keyin insonlar Sizning muvaffaqiyatingizga nisbatan Siz eshitishni xohlagan gaplarni aytishsa, Sizning niyatingiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Aksincha bo‘lsa, ya’ni Siz boshqa xayolda, insonlar boshqa xayolda fikr bildirishsa va bu fikrlar SIzga yoqmasa, demak, niyatingiz boshidanoq xato bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Kimgadir fikringizni yetkazishda ham xhunday. Kimdir Sizning gaplaringizni eshitib, amal qilishni boshlasa, niyatingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa...
Shu sababli ham ilmli insonlarning gapiga hamma mal qiladi, chunki ularning niyati to‘g‘ri bo‘ladi.
Niyat — maqsad — reja — sabab
Maqsad: Onangizga sovg‘a berish Niyat: Alloh roziligiga erishish, onangizni ko‘zida quvonchni ko‘rish, o‘zlarini bolalardek tutib, erkalanishlarini va SIzni erkashlarini his qilish.
Maqsadni hamm qo‘yadi, lekin juda ko‘pchilik erisha olmaydi, nega deganda har bir maqsadni amalga oshiruvchi asosiy vosita — niyat.
Shuning uchun har bir maqsadingiz oldiga niyatingizni ham qo‘shib yozsangiz yoki maqsadlaringizni eslaganda, niyatingizni his qilsangiz, agar niyatingiz yaxshi bo‘lsa, maqsadingiz aniq amalga oshadi, inshaalloh.