Amazondan uyga xat kelibdi, sarlavhasi “Amazon Benefits”.
Ichida tahminan:
“Agar sizga nimadir bo’lsa (vafot etsangiz yoki invalid bo’lib qolsangiz) sizning oilangiz mana shu summani qabul qiladi. Bu sug’urtani 100% Amazon to’laydi.”
deb kattagina summa yozilgan.
Menga nimadir bo’lib qolsa kimdan ko’rishni bilasiz endi.
Mark aka aytgan shu gapga bir to’xtalib o’tib ketay.
Haqiqiy BS. Yani bullsh*t. Yani bo’lmagan gap.
Meta, Amazon, Google va boshqa katta kompaniyalarda mid-level engineerlar eng katta workhorse qisoblanadi. Eng ko’p ishni aynan shular qiladi. Seniorlar emas, Principallar emas.
Mark akani ham, Jensen akani ham va boshqa “AI dasturchilarni o’rnini bosadi” deydiganlarning maqsadi bitta - o’zlari qurayotgan AIni sotish.
Critical thinking eng kerakli skillga aylanib boryapti o’zi bu zamonda.
Ingliz tilini endi yaxshilab o’zlashtirganlarda (tahminan IELTS >7) ikkita persona (shaxs) paydo bo’ladi.
Birinchisi - haqiqiy u. O’zimizning mo’min bola. “Assalomu aleykum akalar, yaxshimisizar?” deb turadigan yigit. Odatda shaxsan ko’rishganda shu persona uyg’onadi.
Ikkinchisi - uning Amerikalik varianti. U faqat Ingliz tilida, aniqrog’i ko’cha Ingliz tilida muomala qiladi. “Yo, wassup my man? What is going on?” yoki “ayyo, that’s neat” degan gaplarni ishlatadi. Odatda faqat text yozganda shu persona uyg’onadi. Barcha animerlarni qoldirmay ham ko’rsa kerak.
Qiziq, o’zim ham shunday bo’lganmidim boshida? Bilmayman. Lekin Narutoni 2 marta ko’rganman. Dattebayo.
Bugun polvon bilan ko’chada yurgan edik. Ko’prik tagidan o’tayotganimizda uysiz bir amakiga ko’zimiz tushdi. Bir chekkada yotgan ekan. Soqollari o’sgan. Qalpoq kiyib olgan.
Polvon ham ko’rib qoldida, menga qarab “Ie dada, Santa Klaaus” desa bo’ladimi 🥶
Nima ham deyman? Kulib qo’ya qoldim.
Ichimda esa “O’g’lim bu santa klaus emas. PHPchi bo’lsa kerak” deb qo’ydim.
AI menga quyidagi ishni qilish uchun juda katta yordam bermoqda.
Har kuni jamoamizdagi boshqa dasturchilarning ishini tekshirish kerak bo’ladi. Ular ham menimg ishimni tekshiradi.
Hammamiz har xil davlatlardan kelganmiz va hammaning ingliz tilini bilish darajasi har xil. Bazida bilib bilmasdan yoqmaydigan komment qoldirishimiz mumkin.
Agar yozayotgan kommentimning manosi to’g’riligiga va men hohlagan tonda yozilganiga ishonchim komil bo’lmasa ChatGPTdan yaxshiroq yozib berishni so’rayapman.
Ingliz tilini mendan yaxshiroq biladi har qalay.
Masalan screenshotdagi Pull Requestda qoldirgan kommentimni ichki Amazon AI yordamida yozganman.
U paytda inglizchada yozar edim. Sal pastroq tushsangiz o’zbekchada yozilgan varianti ham bor. Umuman olganda agar yaqin orada qo’shilgan bo’lsangiz shu postdan boshlaaaab barcha postlarni o’qib chiqishni maslahat beraman. Ko’p qayta takrorlanadigan savollarga javoblar bor.