Sevganing bormi deb sòrashar nogoh, Jilmayib qòyaman, sòz deyolmayman. Bu qanday ayriliq, ne azob, ey voh? Hech kimga sen haqda gapirolmayman. Istasang kòksimni bir ochib qara, Yurak-yuragimdan òchirolmayman. Sen gòzal tasodif, shirin xotira, Hech kimga sen haqda gapirolmayman.
Yangi yil barchamiz uchun yangi orzular, imkoniyatlar va yutuqlar eshigini ochmoqda. O‘tgan yilning quvonchlari, saboqlari va muvaffaqiyatlari sizlarga kuch va ishonch bag‘ishlagan bo‘lsa, kelayotgan 2025-yil hayotingizni yanada yorqin, baxtiyor va mazmunli qilsin!
Har biringizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, cheksiz quvonch va baraka tilayman. Har bir qadamlaringiz omadga, orzularingiz esa haqiqatga aylansin!
Yangi yilni ilhom va shodlik bilan boshlaylik! Men bilan bo‘lganingiz uchun sizga katta rahmat! Birgalikda bundan ham ko‘proq yutuqlar sari intilamiz.
Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox, Telbadek tikilib turaveraman. Gar sizni sevishim bo'lsada gunox, Shunda ham men sizni sevaveraman. Mayli meni do'st deb, o'zgani suying Netay dilim kuyib yuraveraman. O'zgani ishqida bir umr kuying, Shunda ham men sizni sevaveraman.
Shifoxonalar "joynamoz"dan koʻproq duolarni eshitgan, Aeroportlar toʻyxonalarga qaraganda koʻproq samimiy quchoqlashishlar va tilaklarni koʻrgan, Qabristonlar eng uzun yozilgan dardli maktubdan ham koʻproq afsuslarni eshitgan, Boʼsh xonalar eng ishonchli doʻstdan ham koʻproq sirlarni biladi...
Chunki sevgi, pushaymonlik va umid ular yoʻq boʻlgandagina eslanadi!