✅Yoshlar ishlari agentligining ishchi guruhi manzillarda
🟢Birinchi tashrif,Qorako'l tumani "Xo'jakon" mahallasidagi ustoz-shogird an'anasi doirasida o'z hunarmandchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan yosh tomonga bo'ldi. Ishchi guruh tomonidan yosh hunarmandning ssuda asosida maxsus stanok ajratish va bu orqali 5 nafar ishsiz bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan bildirgan taklifi manzilning o'zidayoq ma'qullandi.
⚡️Ikkinchi manzil, tumanda yoshlar tadbirkorligida zamonaviy yondashuvni amalga oshirgan “Xo'jalar”mahallasida yashovchi S.G'aybullayevning xonadoni tomonga bo'lar ekan, o'z tashabbusi bilan GIDROPONIKA usulida "Qulupnay" yetishtirishni yo'lga qo'yganligi yuzasidan taklif va muammolari bilan tanishilib, yosh ishbilarmonning ushbu usulni Germaniya davlati tajribasi asosida yanada takomillashtirish to'g'risidagi taklifi qo'llab-quvvatlandi.
🔷Bu kabi tashriflar yoshlarning tadbirkorlik yo'nalishidagi harakatlarini rivojlantirishda muhim qadam bo'lib kelmoqda.
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligining hududlardagi yoshlarning muammo va takliflarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi Qorako'l tumanida bo'ldi.
🔶Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
🔵Xususan, bugun Qorako'l tuman Ixtisoslashtirilgan maktab internatida tumandagi iqtidorli yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
♻️Uchrashuvda so‘z olgan har bir yosh yigit-qizlar o‘zlarining g‘oya va tashabbuslarini, ilmiy izlanishlari hamda takliflarini bildirishdi. Ular tomonidan yo‘llangan har bir taklif va tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi hamda munosib sharoitlar yaratilishi bildirildi.
✅Bu kabi uchrashuvlar orqali ularning iqtidor va imkoniyatlari kashf qilib boriladi.
Qorako‘l tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Shahob Hayitov " Yangiqal'a mahallasida bo'lib “yettilik” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o'ragandi .
O‘rganishlar davomida mahallada faoliyat olib borayotgan “yettilik” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, bajarilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shundan so‘ng sektor rahbari xududlarda obodonlashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishib MFY xududidagi ijaraga berilgan yerlardan unimli foydalanish maqsadida bir kontur bir mahsulot tamoyili asosida issiqxonalar qurilishi rejalashtirilayotgan dalada bo'lib muammolar o'rganildi hamda tegishli topshiriqlarni berildi.