#Adliya_xabari
“Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasidagi uyma-uy o’rganishlar jadallik bilan olib borilmoqda.Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Zarbdor” mahallasi “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida aholi muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganilgan edi.
Mazkur tajriba oʻz soʻzini aytib, qariyb 5000 nafarga yaqin fuqaroning muammosi bosqichma-bosqich bartaraf etib borilmoqda.
Endilikda esa, Namangan viloyatidagi 14 ta tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan mahallalar ajratib olinib, u yerda yashovchi aholining ham muammolari oʻrganilmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi