Bugun Namangan davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi mudiri Matkarimov Abduraxim Muxammadjonovichning tavallud ayyomi.
💐Abduraxim Muxammadjonovichni bugungi shukrona kuni munosabati bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! Shaxsiy va kasbiy faoliyatida zafarlar tilaymiz.
🖌🎨23-yanvar Kamoliddin Behzod Nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti tasis etilgan kun.
🏛Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori H.Nizomjanova hamda TSM-BU-23 guruhi 2-kurs talabalari Saydullayeva Dilafruz va Akbarova Marjona birgalikda oʻrta osiyo sharq miniatyurasi uygʻonish davri san'atining asoschisi, Mir Alisher Navoiyning zamondoshi, buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan kunga bagʻishlab maxsus videorolik tayyorladilar.🖌🎨🖼👩🎓
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA "Davr" gazetasining 22-yanvar 2-sonida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Nodira Qosimjonovaning "Yurt sogʻinchi qanday boʻlishini yurak-yurakdan his qildim" sarlavhasi ostida maqolasi eʼlon qilindi.
Yaxshi kayfiyatda boʻlish uzoq umr koʻrishga yordam beradi😁
✅ Psixologlar 30 yil davomida 70 ming kishini oʻrgandi. Ishtirokchilarning savollarga bergan javoblari orqali mutaxassislar ulardagi nekbinlik darajasi, sogʻligʻi va ishtirokchilarning turmush tarzini oʻrgandi.
Maʼlum boʻlishicha, eng optimistik erkak va ayollar yomon kayfiyatda yuradiganlarga qaragandan uzoqroq umr koʻrar ekan. Arzimagan narsaga asabingizni buzmang. Bu birinchi navbatda o'zingizni sog'lingizga zarar.