🔘 Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish: amaliy qadamlar va natijalar➡️ “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimovaning Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Guliston shahri va Boyovut tumanidagi tadbirkor ayollar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Ularning faoliyati, daromad manbalari va kelgusidagi rejalari oʻrganildi.
↗️ 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyatda 3 806 ta aholi va tadbirkorlik subyektiga jami 55,3 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Shuning 51 foizi, yaʼni 28,3 milliard soʻm, 2 220 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirildi.
🌐 Veb-sayt |
📱 MAVRID |
📱 Instagram |
🌐 Facebook |
🌐 YouTube |
☎️ Call-markaz