Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulug‘bek tumani, “Sayram” ko‘chasidagi “snos”ga tushgan 33-uy o‘rnida qurilish olib borayotgan “Double tree development” MCHJning xati-harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqarolar xabar qoldirishgan. Ushbu holat tuman hokimligi Matbuot xizmati tomonidan o‘rganildi va o‘rganishlar jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga asosiy eʼtibor qaratildi.
Qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar o‘z tartib-intizom asosida tashkil etilishi, fuqarolarni bezovta qiladigan har qanday harakatlar noo‘rin ekanligi tushuntirildi va manzil bo‘yicha kommunal tarmoqlarga topshiriqlar berilganini maʼlum qilamiz.