View in Telegram
Sobiq deputat va jamoatchilik faoli Qobul Dusovning ozodligi 1 yil muddatga cheklandi Oliy sud matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Qobul Dusov jabrlanuvchi F.Boqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 22-noyabr kuni JIB Chilonzor tuman sudida boʻlib oʻtgan sud hukmiga koʻra, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Dusovga kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklanishi, internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik kabi bir qancha taqiqlar yuklatilgan. 👉 @kunonline
Love Center
Love Center
Find friends or serious relationships easily