View in Telegram
Har bir ayol oʻqishi kerak boʻlgan 10 ta badiiy kitob 1. Emilya Bronte — «Qorboʻronli dovonlar» Asarda shahar hayotidagi sevgi va romantizm tabiat hodisalari orqali ochib berilgan. Asar ayol muhabbati qanchalik qudratli ekani haqida soʻz yurituvchi eng goʻzal romandir. «Qorboʻronli dovonlar» qirolicha Viktoriya davrining eng shedevr asarlaridan biri hisoblanadi. 2. Sharlotte Bronte — «Jeyn Eyr» Asarning bosh qahramoni Jeyn Eyr yetim, oddiy bir qiz boʻlishiga qaramasdan, metin irodali, gʻururi baland va ruhiyu koʻngli erkin inson edi. U, oqsuyak Rojesterning qiziga muallimlik qilish uchun yollanadi. Shundan keyin Rojester va Jeyn orasida muhabbat paydo boʻladi. Ular turmush qurishga hozirlik koʻradilar. Toʻy kuni bir sir ochilgani sabab Jeyn Eyr uning uyini tark etadi va Rojesterni unutishga urinadi. Lekin, u bilmasdiki asl muhabbat hech qachon unutilmaydi. Bir-biridan qanchalik uzoqda yashamasin ularni bir rishta doim bogʻlab turgan. Roman asl sevgi, sadoqat haqida bitilgan asarlarning eng saralaridan biridir. 3. Jorj ELIYOT — «Middlemarch» Asarni oʻqish jarayonida oʻquvchini hayrat tark etmaydi. Romanni oʻqigan koʻpchilik kitobxonlar tomonidan eʼtirof qilinishicha, asar muhabbat va nafrat, shodlik va quvonch, hayot va oʻlim haqidagi eng yaxshi asardir. 4. Virjiniya VULF — «Missis Dellouey» Asarda urushdan keyingi ingliz ayolining bir kunda boshiga kelgan balolar haqida soʻz boradi. Asar ayol sadoqati va matonati haqidagi eng goʻzal roman sanaladi. Hamda yozuvchi bu asari bilan modernizmga yangicha nafas va hayot baxsh etadi. 5. Margaret MITCHELL — “Shamollarda qolgan hislarim” Asardagi hodisalar AQSH yangidan tiklanayotgan bir davrda Jorjiya shtatining Kleyton va Atlanta shaharlarida boʻlib oʻtgan. Ayolning ichki his-tuygʻulari haqida soʻzlovchi bu asar, hali hamon butun dunyo boʻylab sevib oʻqiladi. 6. Jeyn OSTIN — “Gʻurur va andisha” “Gʻurur va andisha” — ingliz yozuvchisi Jeyn Ostin tarafidan 1996-1997-yillarda qalamga olingan ikkinchi roman hisoblanadi. Asar 1813-yilda chop qilingan. Asarda asosan Britaniya hukumati davrida olib borilayotgan siyosiy-ijtimoiy harakatlar, pul mojarolari va bu kelishmovchiliklarga ayollarning munosabatlari shafqatsiz holda tasvirlangan. 7. Erix Mariya REMARK — “Qarzga olingan umr” Avtomobil oʻgʻrisi Klerf kasalxonada oʻlimini kutib yotgan Lilia ismli ayol bilan tanishib qoladi. Umri oxirlab borayotgan Lilia soʻnggi kunlarini masrur va shod yashashni istardi. Insonni ming boʻlakka ajratib yuboradigan va yana qayta bir joyga yigʻa oladigan bu asar bizga hayotni sevish va oʻlimdan qoʻrqmaslikni oʻrgatadi. 8. Doris LESSING — “Oltin daftar” Adabiyotning Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan bu asar qashshoqlikda yashab, juda oz muddat umr kechirgan Anna Vulf ismli yosh yozuvchining hayoti haqida. U ancha vaqtlar hech narsa yozolmaydi, shu sababdan umidsizlikka tushadi. Bu umidsizlikning soʻnggida telba boʻlib qolishdan qoʻrqadi va oʻtgan umrini har hil rangdagi toʻrtta daftarga yoza boshlaydi. Shundan soʻng “Oltin daftar” yaraladi. 9. Stefani MAYER — «Nimqorongʻulik» Onasi ikkinchi marta turmushga chiqqanidan soʻng 17 yoshli Bella Svon  otasining yoniga koʻchib, u bilan yashay boshlaydi. Uning otasi tinimsiz yomgʻir yogʻadigan kichik Forks shaharchasining militsiya boshligʻi edi. Kellenlar oilasining “gʻayrioddiy goʻzallikka” molik aʼzolari Bellaning diqqatini tortadi. Soʻngra maʼlum boʻladiki, Kallenlar oilasi vahshiy hayvonlar qonini ichadigan «vegetaryan» – vampirlardir. Asarda yosh qizchaning xayolidan kechgan holatlar va bu holatlarning hayotga taʼsiri qalamga olingan. 10. Rashod Nuri Guntegin — «Choliqushi» Bu asar ilk bora 1922-yilda nashr qilingan. Romanda asarning bosh qahramoni Feride – Choliqushi siymosinda qiyin va mashaqqatli hayot tarziga qaramasdan, oʻz muhabbatiga sodiq qoladigan asl turk qizining obrazi badiiy ustalik bilan qalamga olingan. 📚 @kitoblar_pdf
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily