Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB boshlig'i tomonidan Kasbi tumanida sodir bo'lgan yoʼl-transport xodisasi yuzasida haydovchining ota-onasi, mahalla faollari va oʼqituvchilar ishtirokida tanqidiy muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Sodir etilgan ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisasi sabab va oqibatlari, bu borada mutasaddi idoralar ish faoliyatda loqaydlikka, sustkashlikka yoʻl qoʻyayotganini tanqid ostiga oldi.
Avtokorxonalarda, mahallalarda avtomashina boshqaruvchi shaxslar bilan muntazam profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani aytib oʻtildi. ——— https://t.center/kashyhxb👈obuna bo'lish
Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonun buzilishi, korrupsiya va tamagirlik holatlarini oldini olish, salbiy xatti-harakatlar sodir etgan xodimlar ichki ishlar organlaridan bo‘shatish bilan cheklanib qolmasdan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, sohaga oid IIVning buyruq va farmoyishlari, tegishli koʻrsatmalari hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” qoidalariga rioya etishlari xodimlarga tushuntirdi.
Yig’ilish yakunida korrupsiya jinoyatlari aks etgan videorolik xodimlarga namoiyish etildi ——— https://t.center/kashyhxb👈obuna bo'lish
🛵Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyatida tushuntirish ishlari davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyul kunidagi “Foydalanishda boʻlgan 🛺moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori yuzasidan targ'ibot ishlari olib borilmoqda
🚸Йўлларда болалар хавфсизлигини таъминлаш чора-тадбирлари давом етмоқда
Шаҳрисабз шаҳар Сариосиё МФЙда жойлашган 12-сонли умумтаълим мактаби олдидаги пиёдалар ўтиш жойида мактаб ўқувчиларининг кўп ўтиб-қайтишлари, транспорт воситаларининг жадаллиги ўрганиб чиқилиб, вояга етмаган ёш болаларнинг хавфсиз ўтишларини таъминлаш мақсадида "қавариқ" пиёдалар ўтиш жойлари ташкил этилди.
🔹Ушбу пиёдалар ўтиш жойларининг яна бир қулайлиги тунда нур қайтариш хусусиятига эга бўлиб, ҳайдовчилар олдиндаги пиёдалар ўтиш жойини аниқ кўра олади. ——— https://t.center/kashyhxb👈obuna bo'lish