O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Boshkonsulxonasida
Vaqtinchalik konsullik ro'yxatidan
o'tish haqidaVaqtinchalik konsullik ro'yxati o'zi nima?
Xorijga xizmat safariga, oqishga, uzoq vaqt davolanishga, ishga va oz oilasi bilan birlashishga olti oydan ortiq muddatga chiqib ketib xorijiy davlatda
qonuniy yashab kelayotgan va Ozbekistonda doimiy royxatda turgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslar Ozbekistonning xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarida vaqtincha konsullik royxatiga olinadilar.
Kimlar konsullik ro'yxatiga olinadi?
- Xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan;
- Oila birligi uchun Turkiyaga kelgan
(Xorijlik fuqaro bilan rasmiy nikohi bo'lsa);
- Xorijda rasmiy ishlab kelayotgan
("Çalışma izni" asosida);
Konsullik ro'yxatiga olingan fuqarolar:
- pasportlarining amal qilish muddati tugaganida;
- pasportlari yaroqsiz holatga kelib qolganda;
- pasportlari yo'qolib qolganda;
diplomatik vakolatxonadan pasport olish huquqiga ega bo'ladilar.
Bundan tashqari, turli xil favqulotda vaziyatlarda konsullik ro'yxatida bo'lgan fuqarolarning yashash va ish/o'qish joyi manzillari hamda aloqa ma'lumotlari diplomatik vakolatxonada bo'lgani sabab ularga amaliy yordam ko'rsatish jarayoni osonlashadi.
Istanbul shahridagi Boshkonsulxona Turkiyada
qonuniy yashab kelayotgan fuqarolarimizni konsullik ro'yxatidan o'tishga chaqiradi.
Ro'yxatdan o'tish haqida batafsil:
www.consulate.mfa.uz