#Bilasizmi
👨🦯 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar mavjudmi?
🖋 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 380-moddasiga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
3 baravari miqdoridagi daromadlari bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi. Bunday imtiyoz
pensiya guvohnomasi yoki
"Inson" markazi ma’lumotnomasi asosida beriladi.
🧮 Agar nogironligi bo‘lgan shaxs ishlamasa, biroq boshqa turdagi oylik daromadlarga ega bo‘lsa soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan va mol-mulkni ijaraga berganda tushadigan daromadlariga nisbatan tadbiq etiladi. Bunday hollarda soliq imtiyozi jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga qarab shaxs yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qo‘llaniladi.
🎬 Batafsil video-lavhada tomosha qiling.
📝 telegram
💻 instagram
📝 facebook
🐧 xcom
🎞 youtube
🎖 ihma.uz