Davlat madhiyasi – xalqimizning faxr-u iftixor ramzi
1992-yil 10-dekabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinib, buyuk shoir Abdulla Oripovning so‘zlari va bastakor Mutavakkil Burhonovning musiqasi bilan yaratilgan Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Madhiya - faqatgina musiqiy asar emas. Chunki unda xalqimizning matonati, qahramonligi va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassamdir.
Kelajak avlodlar ham ushbu madhiyamizni faxr bilan kuylab, mustaqillikni asrash va yurtimizni yanada yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.
📝telegram💻instagram📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz