🧠1-dekabrdan boshlab ijtimoiy sohada qanday o'zgarishlar bo'ladi?💵 Ijtimoiy to‘lovlar – «Ijtimoiy karta» orqali amalga oshiriladi
Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar, shu jumladan protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalarini xarid qilish «Ijtimoiy karta» axborot tizimidan foydalangan holda ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi.
🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bilan bepul shug‘ullanish tizimi yo'lga qo'yiladi
2024-yil 15-dekabrdan boshlab sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berilishi belgilandi.
👨🦯Ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi
Ko‘chalar (ro‘yxat bo‘yicha) shaharsozlik normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishiga moslashtiriladi.
🖋Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi
«Mahalla yettiligi» tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.
📝telegram💻instagram📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz