#Dolzarb_16_kunlik
🫰 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida 16 kunlik aksiyalarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini bajarilishini taʼminlash maqsadida Jizzax shahridagi “Kasbiy koʻnikmalar Markazi” kichik zalida seminar tadbir tashkil etildi.
🫰Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 5116-sonli, 2020-yil 14-yanvardagi 3-sonli Qarorlari, 2019-yil -sentyabrdagi 561-sonli va 562-sonli, 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-son Qonunlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borildi va 1146 qisqa raqamli ishonch telefoni haqida maʼlumotlar berildi.
📝 Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati