Aziz yurtdoshlar!Siz azizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 32 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy qutlaymiz!
Konstitutsiyamiz demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlatning mustahkam poydevori bo‘lib, unda har bir fuqaro munosib hayot kechirishi, g‘amxo‘rlik va kafolatlangan huquqlaridan foydalanishi qat'iy belgilab berilgan.
Davlatimizning ijtimoiy yo‘naltirilganligi Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini - xalq farovonligini ta’minlash, yordam va himoyaga muhtoj har bir insonni qo‘llab-quvvatlashni o‘zida mujassam etadi.
Shu asnoda Agentlik ham har bir inson davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini his etishi va amalda ko'rishi uchun ushbu tamoyillarni mustahkamlash yo‘lida faol ishlashda davom etadi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilansiz azizlarga sihat-salomatlik, farovonlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!
Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi📝telegram💻instagram📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz