#POM_RTV
🖋 Xabaringiz bor, joriy yilning 27-fevral kuni
"Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-88-son qaror tasdiqlandi.
Yangi raqamli tizim joriy etilishi bilan muhtoj shaxslarni zarur vositalar bilan ta’minlash jarayoni ancha soddalashdi, Jumladan:
🤔Endi muhtojlik nogironlik bilan bir vaqtda axborot tizimi orqali aniqlanmoqda. Fuqarolarga zarur vositalarni xarid qilish uchun onlayn-vaucher shakllantiriladi va ularga SMS hamda ijtimoiy xodimlar orqali xabar beriladi.
🤔Ta’minot muddati protezlar uchun
67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari uchun
52 kundan 11 kunga qisqardi.
✅ Hozirgi vaqtga kelib 82,8
mingdan ortiq vaucher shakllantirilib,
48 ming kishiga barcha zarur vositalar berildi,
100 dan ortiq tadbirkor platformada
424 turdagi mahsulotlarni joylashtirdi.
💵 Fuqarolarga olgan mahsulotlari uchun
39 ta tadbirkorga
62,7 mlrd so‘m mablag‘ avtomatik tarzda tasdiqlangach,
10 kun muddat ichida o‘tkazib berildi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz