Qashqadaryo viloyatida tabiiy gazni talon-taroj qilish holatlari fosh etildiYurtimizda qish mavsumi. Ob havo gohida sovuq gohida esa iliq. Bunday paytda har bir inson uy ichi, dam olish xonalarini turli usullarda isitish harakatiga tushib qolishi tabiiy. Loyiha hujjatlari va qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish esa kishi koʻnglini xotirjam qiladi. Biroq hali hanuz oramizda gazdan xavfsiz foydalanish talablarini qoʻpol ravishda buzayotgan shaxslar uchrab turibdi.
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan oʻtkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida bir qator qoida buzish holatlari aniqlandi. Misol uchun, Qarshi tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro hisoblagichdan oldin ulanib olib 5 mln 372 ming 640 soʻmlik gazni talon-taroj qilgan. Tumanning “Koʻchkak” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro ham xuddi shunday qoidabuzarlikni sodir etgan va unga nisbatan 12 mln 548 ming 640 soʻmlik jarima belgilangan.
Qarshi shahrining “Qarshi” mahallasidagi fuqaro esa hech qanday hujjatlarsiz, rezina shlang orqali tarmoqqa noqonuniy ulanib, davlatga 11 mln 143 ming 600 soʻmlik zarar yetkazgan. “Otchopar” mahallasida yashovchi fuqaro esa “zangori yoqilgʻi”dar hech qanday hujjatlarsiz foydalangan. 17 mln 862 ming 520 soʻmlik gazni talon taroj qilgan.
Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganlar soni yildan yilga ortmoqda. Biroq tabiiy gaz tarmogʻiga ulanishda xavfsizlik talablariga amal qilmasdan, noqonuniy yoʻllar bilan ulanib foydalanishni ep koʻrayotganlar ham uchrab turibdi. Misol uchun, Qarshi shahrining Otchopar mahallasi hududida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining xatti-harakatini hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi. Aniqlanishicha, mazkur muassasa tabiiy gaz tarmogʻiga yashirin yoʻllar bilan ulanib, 725 mln 534 ming 784 soʻmlik zangori olovdan xoʻjasizlarcha foydalangan.
Yuqoridagi barcha holatlar boʻyicha dalolatnomalar tuzilib, barcha zaruriy hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshirildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?13&id=13002💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz