“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
Boshlang‘ich 20 foizlik to‘lov, yillik 7 foiz ustama va zavod bilan “pryamoy” aloqa – Toshkentda 16 kun oldin davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Halal Auto Leasing kompany” MCHJ odamlarni shu shartlar asosida mashina olib berishga ishontirmoqda. “Islom moliya talablari asosida” faoliyat yuritishini aytayotgan firma hatto UzAuto Motors’da ham yo‘q bo‘lgan bir paytda yangilangan Cobalt mashinasini yetkazib berish bo‘yicha mijozlar bilan shartnoma tuzmoqda. Mijozlar hatto “Xitoydagi avtomobil kompaniyalari bilan aloqamiz bor” deya ishontirilmoqda. Bu “to‘playman-u, qochaman” ssenariysidagi navbatdagi firibgarlik bo‘lishi mumkin.
👉 Batafsil oʻqish
🔝 @foydali_moliya Ogohlikka chaqiradi!