🇺🇿"Ayollar daftari" bilan ishlash bo'yicha Toshkent shahar shtabi yig'ilishi bo'lib o'tdi🔹 Toshkent shahar hokimligida "Ayollar daftari" bilan ishlash bo'yicha shahar Shtabi yig'ilishi o'tkazildi.
✅ Yig'ilishda Toshkent shahar Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi vakillari, boshqarmalar rahbarlari, sektorlar mas'ul kotiblari va tuman hokimliklari vakillari ishtirok etdi.
✅ Yig'ilishda 2024-yilda sohada erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar belgilab olindi. "Ayollar daftari" bo'yicha ishlarni yanada samarali tashkil etish uchun:
🗄 Mahalla yettiligi a'zolariga mas'uliyatlarini tushuntirish;
🗄 Ularga seminarlar tashkil qilish;
🗄 Ish jarayonlarini sifatli va samarali yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi.
🔹 Mazkur rejalar orqali sohadagi ishlarning samaradorligini oshirish va ayollarga yanada ko'proq ko‘mak berish maqsad qilingan.
✅ Yig‘ilish natijalariga muvofiq, har bir hududda sohada belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
🌐Veb sayt |
🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube