View in Telegram
Hurmatli vatandoshlar! Sizlarni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Konstitutsiyamiz nafaqat davlat boshqaruvi tamoyillarini, balki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini, inson qadr-qimmatini yuksak qadrlashni kafolatlaydi. Unda belgilangan tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy adolat tamoyillari mamlakatimizni bugungi kunda ham ishonchli rivojlanish yo‘lida olib bormoqda. Konstitutsiya – davlatimizning mustahkam poydevori, xalqimizning erkinlik, tenglik va adolatga asoslangan hayot tarzi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlarining kafolatidir. Ushbu tarixiy hujjat xalqimizning irodasi, umidlari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiya O‘zbekistonning mustaqil, suveren va demokratik davlat sifatidagi maqomini mustahkamlashda, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishda hal qiluvchi o‘ringa ega. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida Konstitutsiyaning hayotbaxsh qoidalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, har bir fuqaroning manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda Konstitutsiyamizning roli beqiyosdir. Bu ulug‘ ayyom barchamizga buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni ardoqlash, kelajak avlodlar uchun yanada farovon hayot qurish yo‘lida mas’uliyatni his qilishga undaydi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillari hayotimizda yanada kengroq amalda bo‘lishiga tilakdoshmiz. Hurmat bilan, Respublika baxshichilik san’ati markazi RBSM matbuot xizmati: 🌐 bakhshi.uz | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily